Tomorqa koni foyda

Date:

Ishni ko‘zini bilgan, tadbirli odam yerning bir qarichini ham, suvning bir tomchisini ham isrof qilmaydi. Oqilona foydalanadi va mehnatidan daromad topadi. Angorlik Burxon Qayumov ham tadbirli, oqil dehqonlardan. U tomorqasining 4 sotixida issiqxona tashkil qilib, 30 tup limon ko‘chati ekkan. Limonlar qarovning zo‘ridan rang olib, egasining ko‘zini quvnatib, cho‘ntagini qappaytirsa, Burxon aka topganidan ruhlanib, limon ko‘chat oralaridan samarali foydalanish maqsadida bulg‘or qalampiri ham ekkan. Qarabsizki, foyda ham shunga yarasha.
Ha aytgancha, Burxon aka mahallasida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi tavsiyasi bilan imtiyozli kredit olib, o‘tgan yili pomidor ekib, mo‘may daromadga ega bo‘ldi. Oila a’zolari bilan birgalikda mehnat qilishdi. Shukrki, kam bo‘lishmadi. Burxon Qayumov suvni isrof qilmaslik uchun tomorqasi yonidan hovuz qurib, suvni tinitib, tomchilatib sug‘orishni yo‘lga qo‘yishni reja qilgan. Tinib-tinchimas dehqon ushbu rejasini amalga oshirish uchun harakatni boshlab yuborgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobga oshno yoshlar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Bojxona boshqarmasida yosh...

Kitobxon oila — ma’naviyatli jamiyat poydevori

Qumqo‘rg‘on tumani Axborot-kutubxona markazida “Biz — kitobxon oilamiz!” tanlovining...

Iqtidorlar kashf etildi

Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jajji nurli...

Huquqiy baho berildi

Sho‘rchi tuman ichki ishlar bo‘limi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha...
KunTun
KunTun