So‘rovnoma o‘tkazildi

Date:

Xalqni tinglashni, muammolarini o‘rganib, ularni bartaraf etishning turli yo‘llari va usullari amaliyotga joriy etilmoqdaki, bu bilan yurtimizda hech bir fuqaroni norozi kayfiyatda bo‘lmasligiga erishilmoqda. Buni xalq qabullari, mansabdor shaxslarning, mahalla faollarining ko‘chama-ko‘cha, eshikma-eshik yurib, hol so‘rab, aholi murojaatlarini o‘rganishayotganidan ham bilish mumkin. Ana shunday sa’y-harakatlarning davomi sifatida Uzun tumani “Obod yurt” mahallasidagi fuqarolar o‘rtasida “Bugun va biz” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazildi.
So‘rovnoma bahonasida yurtdoshlarimizning bugungi hayoti, yashash tarzi bilan tanishildi. Ularni tashvishlantirayotgan masalalarga quloq tutilib, muammolari oʻrganildi. Albatta, bunday so‘rovnomalar beiz ketmaydi. Qisqa fursatlarda ko‘rib chiqiladi va ijobiy yechim topib, har bir fuqaroning bugungi tizimdan, boshqaruvdan roziligiga erishiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun