«Biznesga birinchi qadam»

Date:

Har doim birinchi qadamni tashlash qiyinroq kechadi. Ikkilanish, ishonchsizlik katta reja va loyihalarning boshlanishiga to‘sqinlik qiladi. Prezidentning 2024-yil 9-yandardagi PQ-7-sonli qarori ana shunday ikkilanishlarga chek qo‘yadi. Ish boshlash uchun mablag‘ kerakligini hisobga olgan holda ijtimoiy soliq to‘layotgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun «Biznesga birinchi qadam» bank kartalari orqali 5 million so‘mgacha miqdorda bir yil muddatgacha mikroqarzlar taqdim etilishi fuqarolarga katta qulaylik bo‘lib xizmat qiladi.
Kamida 6 oy faoliyat yuritgan va hisobvaraqlarida (bank kartalarida) pul aylanmalarini amalga oshirgan kichik tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini kengaytirish uchun mikrokreditlar ajratiladi. Ushbu tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2024-yilda tijorat banklari tomonidan 1 trillion so‘m, shu jumladan O‘zmilliybank tomonidan 100 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun Biznesni rivojlantirish banki tomonidan 100 million so‘mgacha garovsiz ajratiladigan kreditlarning 50 foizini ularning bank kartasiga o‘tkazib berishga ruxsat beriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun