Tengdoshlariga o‘rnak…

Date:

Yaxshidan bog‘ qolar deyishadi. Bog‘ yaratish, yerga nihol qadab, uni ko‘kartirish, bo‘y chizib, gurkirab yashnashi uchun hissa qo‘shish katta savob. Ikkinchi tomondan esa bir insonni band qiladigan, daromad manbai bo‘lib xizmat qiladigan ish hamdir. Jarqo‘rg‘on tumani Ismoiltepa mahallasida o‘z faoliyatini boshlagan yosh tadbirkor Ubaydulla Jabborov ham ana shunday savobli ishning boshini tutib, mehnatidan qochmadi.
To‘g‘ri, ayni paytda Ubaydullaga tengdosh yoshlar nima ish qilsam ekan deb bosh qashib yurgan paytda, uning ishi jasoratdek gap. Qolaversa, zavqli mashg‘ulot. Yosh tadbirkor yer maydoniga daraxt qalamchalarini qadab, ko‘chatchilik bilan shug‘ullanadi. Daraxt ko‘chatlari kerak bo‘lgan borki, tanigan-bilganlar, daragini eshitganlar Ubaydullaga murojaat qilishib, ko‘chatlarni ishonchli qo‘ldan olishga odatlanishgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun