Barcha maktablarga “Bibtexnika” jamlanmalari topshirildi

Date:

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida kitob o‘qishga jalb etish targ‘ibot-tashviqot ishlariga katta e’tibor qaratilayotir. Qolaversa, umumta’lim maktablari kutubxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish va kutubxonalarning moddiy-texnik bazasi ham mustahkamlanmoqda. Ayni ishlarning davomi sifatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yuborilgan “Bibtexnika” karvoni Surxondaryoga yetib keldi.
8 turdagi kutubxona hujjatlaridan iborat jamlanma Angor tumanidagi 18-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirda Angor tumani hokimi Qosim Mardonov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Husniddin Mamadiyev va boshqa mas’ullar ishtirokida viloyatdagi barcha hudud vakillariga tantanali ravishda topshirildi.
Endilikda ushbu “Bibtexnika” jamlanmalari Surxondaryodagi 960 ta umumta’lim maktablari hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 17 ta ixtisoslashtirilgan maktablarga yetkazib beriladi va bu maktab kutubxonachilarining ishlarida qulaylik yaratib, samaradorlikni yanada oshirishda xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun