Surxondaryoda 131 nafar yuridik shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlik jazosi qo‘llanilgan

Date:

Viloyatda joriy yil ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yerlarning talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularning oldini olish yuzasidan samarali ishlar olib borildi. Bu sohadagi g‘ayriqonuniy holatlarga qarshi qat’iy nazorat o‘rnatildi. Yil davomida amalga oshirilgan nazorat tadbirlari chog‘ida yer va kadastr sohasidagi huquqbuzarliklarda milliy qonunchiligimizning qaysi normalari ko‘proq buzilishi aniqlangan?

– Yakunlanayotgan yilning o‘tgan davrida nazoratchilarimiz yer va kadastr sohasiga oid 1 ming 944 ta yer qonun buzilish holatini aniqladi, – deydi Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi axborot xizmati rahbari Xusan Umirov . – Duch kelingan ma’muriy huquqbuzarlikning eng ko‘pi yoki 978 tasi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik sababli kelib chiqqan. 364 tasida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, 159 tasida yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, 21 tasida chegara belgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish holatlari aniqlangan. 355 huquqbuzar o‘zboshimcha egallagan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirgan bo‘lsa, 27 tasi sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olgan. 

Mutaxassislar viloyatda yer bilan bog‘liq qonun buzilishlarni nazorat qilish barobarida umummilliy boylikni o‘zboshimcha egallamaslik va maqsadsiz foydalanmaslik, tegishli hujjatlarsiz qurilish ishlarini amalga oshirmaslik yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini ham olib bordi. O‘tayotgan yil viloyatda yer munosabatlari bilan bog‘liq qonun buzilishlar yuzasidan 131 nafar yuridik va 1 ming 773 nafar jismoniy shaxsga ma’muriy javobgarlik jazosi qo‘llanilgan.

B.Safarov,

axborot xizmat rahbari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mening maktabim” loyihasi boshlanmoqda

Joriy yilning 22-oktyabridan boshlab 2025/2026-oʻquv yili doirasida “Mening maktabim”...

Saraton qarshi “super vaksina”

Vaksina yuborilgan sichqonlarning 88 foizida shish paydo bo‘lmagani aniqlandi....

Ilk kunda ikkita oltin medal

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi...

Azim Samarqandga ma’naviy sayohat

Bandixon tumanining “Navbahor” mahallasida joylashgan fermer xo‘jaliklari, mahalla yettiligi...
KunTun
KunTun