Saksovulzorlar tashkil etiladi

Date:

Tabiatni, ekologiyani asrash har doim ham muhim, har doim ham dolzarb. Yilning qay faslida bo‘lmasin, bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini to‘xtatish insonning o‘ziga qilingan dushmanlikdek gap. So‘nggi yillarda butun dunyoni tashvishga solayotgan chang to‘zonlari, qum bo‘ronlari inson hayotida salbiy oqibatlarga, jiddiy kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgani afsuski haqiqat. Demak, holat jiddiy. Shunday ekan, kerakli choralarni ko‘rmoq lozim. Ayni maqsadda boshlangan sa’y-harakatlar esa kelgusida chang bo‘ronlarining oldini olishga xizmat qilishi shubhasiz.
Qayd etish joizki, vohamizdagi dasht va cho‘l hududlarimizda ko‘tarilayotgan qum bo‘ronlarini to‘xtatish usuli saksovul ekishdir. Bir necha yillik saksovullar ildizi bir necha metr mafosani egallab olib, namlikni saqlaydi va shamolda qum bo‘roni ko‘tarilishining oldini oladi. Surxondaryo viloyatida ana shunday saksovulzor maydonlarini kengaytirish maqsadida 80 tonna saksovul urug‘lari, 100 ming tup saksovul ko‘chatlari ekiladi.
Angor tumanining “Kattaqum” massivida saksovul ko‘chatlari va urug‘larini ekish ishlari boshlanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun