PSIXOLOGLAR FORUMI BO‘LIB O‘TDI

Date:

Termiz shahrida joylashgan 26-umumta’lim maktabida “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ijtimoiy-psixologik xizmat va kasb-hunarga yo‘naltirishda innovatsion yondashuv” mavzusidagi psixologlar forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev ishtirok etib, bugungi shiddatli davrda yoshlar tarbiyasida psixologlarning tutgan o‘rni haqida to‘xtaldi.


Aytish kerakki, so‘nggi vaqtlarda yurtimizda psixologiya sohasiga katta e’tibor qaratilib, yoshlarning ruhiyati, psixologiyasidan kelib chiqqan holda ular bilan ishlash, muammo va konfliktlarni yechish ommalashib bormoqda. Albatta, o‘z navbatida bunday yondashuv o‘zining ijobiy natijasini ham ko‘rsatayotir. Forum davomida ayni jihatlarga e’tibor qaratgan holda seminarlar tashkil etildi.
Forum yakunida yil davomida faol mehnat qilgan soha xodimlariga boshqarma va hamkor tashkilotlarning qimmatbaho esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun