Termiz shahrida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Date:

Joriy yil 22-23-noyabr kunlari Termiz shahrida Turkiya, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Jazoir, Quvayt, Marokash, Qatar, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya singari 20 ga yaqin xorijiy davlatlar, shuningdek, mamlakatimizning barcha hududlaridan taniqli ulamolar, yetuk olimlar, ilmiy tadqiqot markazlari vakillari ishtirokida “Imom Buxoriy, Dorimiy va Termiziy: muhaddislikning Movarounnahr maktabi” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferentsiya o‘tkazilganidan xabardormiz. Konferensiyaning birinchi kunida mehmonlar munosib kutib olinib, vohaning diqqatga sazovor joylarida bo‘lib, ziyorat qilishgan edi. Kunning ikkinchi yarmida esa ilmiy konferensiya o‘z ishini boshlagan edi.


Ikkinchi kunda esa xalqaro ilmiy konferensiyaning asosiy tadbirlari, yalpi va shu’ba yig‘ilishlari o‘tkazildi. Konferensiya yalpi majlisining ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini vohaga tashrifi bilan qutladi. Mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirish, muqaddas qadamjolarni obod qilish borasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib, konferensiya ishida muvaffaqiyat tiladi.
Xalqaro ilmiy konferensiya majlisida ishtirok etgan taniqli ulamolar, yetuk olimlar 2 ta sho‘baga bo‘lingan holda “Hanafiy usulida hadis istilohlari – Kosoniy misolida”, “Xalqaro ilmiy–tadqiqot markazlari: mushtarak maqsad yo‘lida”, “Imom Dorimiy va Imom Buxoriy o‘rtasidagi ilmiy aloqalar”, “Imom Moturidiy “Ta’vilot-ul Qur’on” asarida hadislardan foydalanish uslublari” kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilishdi.

Oldingi sahifaEtno shaharcha qurilmoqda
Keyingi sahifa“Bilasizmi?”

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyat eshik ochsa…

Prezidentning 85-sonli farmoni ijrosi doirasida Denov tumanida faoliyat yuritayotgan...

Munosib ishtirok

Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilib o‘sgan iqtidorli sportchi Shohita To‘rayeva III...

“Dala cheti madaniyati”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ–465-son qarori ijrosini ta’minlash...

Loyihalar ijrosi o‘rganildi

Surxondaryo viloyatida 2026-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekish...
KunTun
KunTun