“Bilasizmi?”

Date:

O‘zbekiston Respublikasi yangi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini har birimiz o‘qib o‘rganmog‘imiz, o‘z huquq va majburiyatlarimiz, burchlarimizni teranroq anglashimiz lozim. Shu maqsadda Oltinsoy tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumandagi “Jobu” mahallasidagi 4-maktabda Konstitutsiya qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan o‘quvchilar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Targ‘ibot jarayonida o‘quvchilarga yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiya bo‘yicha tushunchalar berildi. Bundan tashqari, fuqarolar o‘rtasida Konstitutsiyaga oid bilimlarni savol-javob qilish orqali sinovdan o‘tkazish bo‘yicha “Bilasizmi” viktorinasi o‘tkazildi. Mazkur loyihada Konstitutsiyaga oid berilgan savollarga to‘g‘ri javob bergan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobi sovg‘a tariqasida berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun