Etno shaharcha qurilmoqda

Date:

Buni keng jamoatchilik intiqlik va katta qiziqish bilan kutmoqda. Sababi ushbu shahachaga kezadiganning qalbi hayajonga to‘lib, o‘zini olis o‘tmishga tushib qolgandek his qilish taassurotini boshdan kechirish maroqli jarayon. Qolaversa, bunday etno shaharcha yoshlarni yurtimiz tarixiga qiziqtirib, o‘qib o‘rganishga bo‘lgan shijoatini yanada oshirsa, ajab emas. Ayni paytda etno shaharchaning qurilish jarayonlari ketmoqda.
Aytish joizki, viloyat hokimi joriy yilning yanvar oyida tadqiqotchi olimlar bilan uchrashib, vohamizning boy tarixi va madaniyatini o‘zida mujasaam etuvchi “Etno shahar” turistik maskani qurilishiga oid taklif va tavsiyalarni tinglagan edi. Shu asosda, viloyat markazida qadimiy uslubdagi uy-joylar, hunarmandlar markazi, kutubxona, umumiy ovqatlanish nuqtalari va savdo do‘konlaridan iborat Etno shaharcha bunyod etilmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrining qadim tarixini o‘zida mujassam etishi ko‘zda tutilgan Etno shaharcha qurilish jarayonlari bilan tanishdi. Mas’ullarga qurilish ishlarini jadallashtirish va sifatli amalga oshirish, hududga tashrif buyuruvchilar uchun zarur qulaylik yaratishga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Bu boradagi ishlarni nafaqat maskanning o‘zida, balki, hududdagi mavjud ko‘cha va manzilgohlarda ham olib borish vazifasi topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun