Targ‘ibotchilar Surxondaryoda

Date:

Ayol jamiyatning gultoji. Uning nechog‘lik ma’rifatli bo‘lishi oilada farzand tarbiyasida, ertangi kun taqdirida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan ham joylarda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqdaki, onalarimiz, opa-singillarimiz, umuaman yoshlar orasida hech qanday salbiy holatlar kuzatilmasin. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan “Joriy yilning sentyabr-dekabr oylarida mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, targ‘ibot-tushuntirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.


Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan “Sharq ayoli ma’rifati” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi “Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati” a’zolari olim va shoirlar, xalq suygan san’atkorlar Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tuman temir yo‘l vokzalida kutib olindi.
Shundan so‘ng, mehmonlar tumandagi 51-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, u yerda tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdilar. Ushbu tadbir o‘quvchilarning qalbi va ongida millatparvarlik, vatanparvarlik ruhini mustahkamlab, jamiyatni yuksak taraqqiyot yo‘liga boshlaydigan yangi uyg‘onish to‘lqinlarini yuzaga keltirishiga xizmat qildi deyish mumkin.
Tadbir davomida xalqimizning sevimli shoirasi Zulfiya Mo‘minovaning go‘zal va jozibador she’rlari o‘quvchilarga o‘zgacha zavq bag‘ishladi. Iqtidorli o‘quvchilarning ijod namunalarini mehmonlar e’tirof etishdi.
Tadbirlar 3 kun davomida viloyatimizning barcha hududlarida davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sanjar shohsupada

Termiz shahrida o‘tkazilgan “Muay Thai” bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi –...

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy

1-oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish faqat A...

Tartibi aniq

Hukumatning 2025-yil 10-oktyabrdagi 637-son qarori bilan imtiyozli shartlarda pensiyaga...

 “Shymkent Cup 2025”da yorqin natija

Qozog‘istonning Shimkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Shymkent Cup Taekwondo...
KunTun
KunTun