Milliy qo‘g‘irchoqlar festivalida

Date:

Bugungi kunda milliylikni targ‘ib etishga, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga har qachongidan-da katta e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, farzandlarimiz bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazishda ovunchoq vazifasini bajarguvchi o‘yinchoqlarning ahamiyati haqida to‘xtalmaslik mumkin emas. Sovuq qurollar, robotlar, qomatini ko‘z-ko‘z qilguvchi qo‘g‘irchoqlarni bolalarimizning istak va xohishiga ko‘ra olib beraverishimiz kerakmi? Shu o‘rinda ota-onalarga to‘xtang, degan bo‘lardik. Axir, milliy madaniyatimizni targ‘ib etuvchi, ertak qahrmonlarimizni aks ettirgan bir-biridan ajoyib qo‘g‘irchoqlar hunarmandlarimiz tomonidan tayyorlanib, sotuvi ham allaqachon yo‘lga qo‘yilganini yaxshi bilamiz.
Andijonda ana shunday milliy o‘yinchoq ustalari o‘zlarining mahsulotlari bo‘lmish o‘yinchoqlari bilan “Milliy qo‘g‘irchoqlar — milliy qadriyatlar ko‘zgusi” respublika festivalida jam bo‘ldilar. Festivalga kelganlar qo‘g‘irchoqlar olamiga tushib qolgandek bo‘lishdi. Qayga boqishmasin, yuz-ko‘zidan nur yog‘ilib turgan, ezgulikka boshlaydigan qahramonlar… ularning tomoshasiga borgan borki, bitta bo‘lsa-da, ertak qahramonini xarid qilmasdan keta olmaydi. Ana shunday ko‘rgazmalar ichida surxondaryolik hunarmandlarning qo‘l mehnati ila biri-biridan ajoyib milliy va zamonaviy qo‘g‘irchoqlar ham vodiyliklarning e’tiboriga tushdi. Qo‘li gul vohadoshimiz hunarmand Shaxzoda Abdullayeva, sherobodlik Gulmira Raxmonovalar ham ushbu festivalda ishtirok etishdi.
Festivalda sherobodlik Gulmira Raxmonovaning qo‘g‘irchoqlari III o‘rinni olishga muvaffaq bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDUda ilmiy muhit, yangi g‘oyalar

Termiz davlat universiteti mezbonligida “O‘zbekiston janubida floristik va zoologik...

Sifati baholanadi

O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlariga tibbiyot va dorixona xizmatlari, shuningdek,...

Yigʻilish tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtdi

Denov tumanida vazir E‘zoza Karimova boshchiligida tanqidiy-tahliliy ruhda yig‘ilish...

Ichki ishlar xodimlari sharaflandi

Muzrabot tuman hokimligida Ichki ishlar organlari tuzilganining 34 yilligi...
KunTun
KunTun