Un va non narxi oshishining oldi olinadimi?

Date:

Do‘konga chiqsam, sotuvchi va xaridorning gurungi qulog‘imga chalindi. Unning narxi ko‘tarilibdi. Demak, un ishlatiladigan non va non mahsulotlarining ham narxi oshishi turgan gap. Ayni masalaga oydinlik kiritish maqsadida Uzun tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi X.Bozorov ishtirokida tadbirkor nonvoychilar bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda o‘tgan haftada O‘zbekistonda un va non narxi keskin oshganligi, Qozog‘istondan import qilinadigan g‘alla narxining oshishi fonida sodir bo‘lganligi hamda Qozog‘istonda noqulay ob-havo va taklifning kamligi sabab bug‘doy narxi sezilarli darajada qimmatlashganligi ta’kidlandi.
Shuningdek, bug‘doy mahsulotlariga bo‘lgan ichki talabni qondirish uchun yetarli miqdorda zaxira shakllantirilganligi alohida e’tirof etildi. Tadbirkor nonvoychilar bilan o‘tgan muloqatda un va non narxlarining keskin oshib ketishining oldini olish va narxlar barqarorligini ta’minlash, monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirish xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Ichki talabni qondirish uchun yetarli miqdorda zaxira shakllangan ekan, demak asossiz narx-navoning oshirilishini hech bir sabab bilan oqlab bo‘lmaydi. Turli vaj va bahonalar bilan narx-navoni oshiradigan tadbirkorlardan esa insofga kelishlarini istardik.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun