BILIMNI BAHOLASHDA ZAMONAVIY YONDASHUV

Date:

O‘qishda dangasalik qilayotgan farzandingizga pul yoki istagan biror narsasini olib berishni va’da qilsangiz, darrov o‘qishida o‘zgarish sezasiz va baholar shodasiga ko‘zingiz tushadi. Buning barchasining ortida rag‘bat, xizmatga yarasha qilinadigan baho yotadi.
Xo‘sh, bu holatni dars jarayoniga ko‘chiradigan bo‘lsak, she’rni yodlab borgan, o‘qituvchining savollariga javob bergan, uy vazifasini bajarib, faollik ko‘rsatgan o‘quvchining bahosi “besh”, shunday emasmi? O‘z navbatida o‘quvchining maqsadi ham, o‘qishga, intilishga motivatsiya beradigan ham aynan bahodir. Gap baho haqida ketar ekan, bugungi mahoratli pedagoglar baholashning yangi tartibini taklif etishayotir. Bu nechog‘lik o‘zini oqlashini esa vaqt ko‘rsatadi.


Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining geografiya fani metodisti Ma’mura Mardonova hamda Oltinsoy tumani Ixtisoslashtirilgan maktabining o‘qituvchilari Elbek Narzullayev, Muhiddin Eshmirzayev va Ilhom Qudratov bilan birgalikda bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish istagini bildirgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 5-11-sinflarida formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy qilinmoqda. Sinov esa Oltinsoy tumanidagi 30-sonli maktabda bo‘lib, maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatilib, baholash mezonlari, BSB va CHSBlarni o‘tkazish tartiblari haqida batafsil tushuntirish berilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

M-41 bo‘yida qulayliklar yaratiladi

Yo‘l infratuzilmasi nafaqat transport harakati, balki hududning obodligi va...

Bahodir Jalolov: 18 g‘alaba, 15 nokaut

Ikki karra Olimpiya chempioni Bahodir Jalolov professional boksdagi g‘alabali...

Tilga e’tibor — savodxonlikdan boshlanadi

Davlat tiliga hurmat uning sofligini asrash, imlo qoidalariga rioya...

XAVFSIZLIK TALABLARI TANQIDIY OSTIDA

Xavfsizlik muhim, ayniqsa, jamoat joylarida. Birgina ehtiyotsizlik yoki e’tiborsizlik,...
KunTun
KunTun