Ma’ruzabozlikdan voz kechib…

Date:

Ekologiyani asrash haqida OAV, oliygoh, maktab-u bog‘chada keng tushuntirishlar berib, bong uramiz. Xolbuki, ming marta eshitgandan deganlaridek, doimiy va’zbozlik, quruq targ‘ibot-tashviqot bilan biror maqsadga erishish qiyinligini yuzaga kelayotgan ekologik muammolar va munosabatimiz ko‘rsatib turibdi. Maqsadga erishishning boshqacha yo‘llarini, ta’sirchan usullarini topish esa davr talabiga aylangan.
Shu maqsadda maktab yoshidagi bolalarda ekologik madaniyatni oshirish, ta’lim jarayonlarida atrof-muhitga zarar bermaslik, tabiatni sevishga undovchi darsliklardan foydalanish, maktab hududida ekologik targ‘ibotni kuchaytirish mavzularida Angor tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari bilan muhokama qilindi.
Suhbat davomida ta’lim jarayonlarida viloyat Ekologiya boshqarmasi, Angor tuman Ekologiya bo‘limi hamda “Surxon” davlat qo‘riqxonasi bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. Yuqorida aytganimizdek, endi ustozlar zerikarli ma’ruzabozlikdan voz kechib, o‘quvchilarni jonli tabiat bilan tanishtirish maqsadida muntazam ravishda qo‘riqxona hududiga ekskursiyaga olib chiqadigan bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun