Yoshlar oromgohga yo‘l oldi

Date:

Yoshlar — ertangi kun egalaridir. Ularning orzu va maqsadlari, kelajak o‘ylari, albatta, vatan taqdiri bilan bevosita bog‘liq va mushtarak bo‘lmog‘i lozim. Shu sababdan ham yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bosh maqsadimizdir. Ayni maqsadda davlat ko‘magiga muhtoj yoshlar uchun maxsus “Harbiy vatanparvarlik oromgohi” tashkil etilgan.
Kuni kecha surxondaryolik 210 nafar yosh respublika doirasida o‘tkaziladigan “Vatanparvarlar” tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohiga yo‘l oldi. Aytish kerakki, ushbu oromgoh Toshkent viloyatidagi Bo‘stonliq tumanida joylashgan. Umid qilamizki, yoshlar oromgohda munosib xordiq chiqarib, ular uchun hozirlangan mashg‘ulotlardan zavq olishadi. O‘zlarini kichik askar — Vatan xizmatiga shaylangan o‘g‘londek his etishadi. Ajab emas, ular orasidan kelgusida vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan mard va jasur o‘g‘lonlar yetishib chiqsa…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun