Mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Date:

Qachonlardir jazo muddatini o‘tagan insonlar jamiyatdan ajratilar, ularning ish topishi, uylanmaganlarning turmush qurishi haqiqiy muammoga aylanardi. Qachonlardir jazolangani tamg‘a misol hayotida to‘siqlar paydo qilardi. Hozir esa bunday emas. Balki, ularga imkon berib, jamiyatga qo‘shish, hayotda o‘z o‘rnini topish uchun yetarlicha qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda. Buni Sho‘rchi tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida jazo muddatini o‘tab kelayotgan shaxslarni bandligini ta`minlash maqsadida, viloyat prokuraturasining tashabbusi bilan “ishga marhamat” mehnat yarmarkasi tashkil etilganida ham ko‘rish mumkin.
Mehnat yarmarkasida 60 nafar probatsiya guruhi hisobida turgan fuqaro ishtirok etib, ishga yo‘llanma olishga muvaffaq bo‘lishdi. Qolaversa, o‘zlari qiziqqan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Albatta, hayotda to‘g‘ri kasb tanlash muvaffaqiyatli kelajakning garovidir. Chunki, insonning aksariyat vaqti ish jarayonlarida o‘tadi. Shu sababdan ham kishi o‘zi uchun sevimli hunarni o‘rganishi, o‘zi yoqqan kasb bilan shug‘ullanishi kerak.

Oldingi sahifaHomiylik asosida
Keyingi sahifaMashaqqatli bo‘lmasin…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yaponiya tajribasi ommalashtiriladi

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ilg‘or sport tajribalarini joriy etish...

“Surxon” qo‘riqxonasida jayronlar paydo bo‘ldi

Biologik xilma-xillikni asrash va yo‘qolib borayotgan noyob hayvon turlarini...

Bolalar koʻrikdan oʻtkazildi

Bolalar salomatligini asrash, kasalliklarni erta aniqlash va sifatli tibbiy...

Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Hududlarda yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish aholi salomatligini...
KunTun
KunTun