Faoliyati ibrat

Date:

Bugungi kunda qancha oylik maosh olish kadrning o‘ziga bog‘liq bo‘lib qoldi. O‘z ustida ishlamasa, vaqtini behuda o‘tkazsa, ishlashi mumkin, ammo oyligidan nolimasa bo‘lgani. Aksincha, qanchalik tirishib, mehnat qilsa, izlansa, rag‘bat ham shunga yarasha. Pedagoglarning oyligi 1000 dollar bo‘larkan, quruq gap ekan, deydiganlar adashishadi. Sababi, ming dollardan oshirib oylik maosh oladiganlar ham bor. Sherobodlik o‘qituvchi Sherzod Allamuradov ana shunday o‘qituvchilarning biri.
— Prezidentimiz o‘qituvchilar 1000 AQSH dollar maosh olishini aytganida men ham ana shunday ustozlar safida bo‘laman deb maqsad qilgandim. Tinimsiz mehnatlarim, o‘qib-izlanishlarim evaziga milliy va xalqaro sertifikatlar egasi bo‘ldim va maqsadimga yetdim, — deydi Sh. Allamurodov.


Ingliz tili fanining oliy toifali o‘qituvchisi Sherobod tumanidagi 56-umumta’lim maktabida 19 yildan buyon faoliyat yuritadi. O‘quvchilarga ingliz tilidan saboq berib, bugun nafaqat jamoasi, balki tuman va viloyatdagi ta’lim sohasi vakillari orasida ham o‘z o‘rniga ega. Qolaversa, ustozning 6 nafar o‘quvchisi joriy yilda xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritib, oliygoh talabasi bo‘ldi. Tinib-tinchimas o‘qituvchi o‘quvchilaridan iborat jamoa “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida 1-, viloyat bosqichida esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, jami 250 million so‘m pul mukofoti egasi bo‘lgani ham fikrimiz isbotidir. Ushbu mablag‘ning bir qismi maktabning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilashga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun