Shodmonqul Salom bilan uchrashuv

Date:

Qo‘lingizga kitob olsangizu samimiy fikrlar, ko‘ngilga yaqin satrlarga oshno bo‘lsangiz, sira u kitobni qo‘ygingiz kelmaydi. Yana yozilganlari qo‘shiqdek kuylansa, to‘xtashsiz, bir nafasda o‘qisangiz, o‘qiyversangiz. Yana yoziqlar sizni bolalikka, ona qishlog‘ingizga eltsa, sodda va samimiy qishloqdoshlaringizni eslatib, qalbingizga sog‘inch yugurgilasa-yu, ko‘zlaringizga tabassum qo‘nsa, ana shundagina muallifni haqiqiy ijodkor deya olasiz. Shodmonqul Salomning yozganlarini o‘qigan ayni shu hislarni boshdan kechirsa kerak…
Shodmonqul Salomning she’rlarini, esse va ocherklarini o‘qiganlar ijodkorni shoir va publitsist sifatida yaxshi tanishsa, yaqindaina uning yana bir qirrasi kashf etildi. U Abdulla Oripov haqida ishlangan badiiy filmda bosh qahramon obrazini aks ettirdi. Rolni qay darajada eplab, shoir shaxsiyatini nechog‘lik ochib berganini esa Termiz davlat universitetida “Do‘stlik” ordeni sohibi, taniqli shoir Shodmonqul Salom bilan bo‘lgan ijodiy uchrashuvda bilish mumkin bo‘ldi.


Shoirni tanimaganlar, ijodi bilan tanish bo‘lmaganlar esa ayni uchrashuv bahona Shodmonqul Salom bilan tanishib, ijodidan jonli tarzda bahramand bo‘ldilar. Bugungi she’riyatimizining iqtidorli vakili bilan yuzlashuv, dildan va samimiy kechgan suhbat barchaga manzur bo‘ldi. Shoir suhbat jarayonida o‘zining ijod maydonidagi ilk qadamlari xususida to‘xtalib, bunda ustozlarining nechog‘lik beqiyos o‘rni borligini ta’kidladi.
Ijodkor o‘zi haqidagi ba’zi xotiralar bilan o‘rtoqlashar ekan, o‘zbek xalqining o‘lmas namoyondalaridan Shukur Xolmirzayev, Muhammad Yusuf, Abdulla Oripov va Usmon Azimning ijodiy mevalari haqida to‘lqinlanib so‘zladi. O‘zining qaynoq she’rlari bilan yigit-qizlarni mamnun qildi.

Oldingi sahifaKitoblar karvoni Denovda
Keyingi sahifaFaoliyati ibrat

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun