1-avgustdan 1-sentyabrgacha…

Date:

Nogironligi bo‘lgan keksalar yoki yakka yolg‘iz nuroniylarni biror dard qiynasa, ularning kerakli tibbiy ko‘rik va muolajaa uchun borishlari haqiqiy muammoga aylanadi. Shu sabab bo‘lib, to‘shakka mixlanib qolishlari ham hech gap emas. Mana shunday paytlarda esa respublikamizning barcha hududlarida “Keksalar salomatligini muhofaza qilish oyligi”ning o‘tkazilishi eng yaxshi chora-tadbir bo‘lishi mumkin.
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 1-avgustdagi 10-175/qq-sonli va O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faollini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvining 2023-yil 1-avgustdagi 2-q/q-sonli qo‘shma qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida, 1-avgustdan 1-sentyabrga qadar “Keksalar salomatligini muhofaza qilish oyligi” etib belgilandi.
Shu munosabat bilan Sariosiyo tumani hududidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan keksalar, yakka yolg‘iz, front orti mehnat faxriylari va yotib qolgan keksa nuroniylarni tibbiyot mutaxassislari uyma-uy yurib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar. Mutaxassislar tamonidan kerakli muolajaalar ko‘rsatilib, kerakli dori-darmon vositalari berildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...

“Jinjaktepa”da yangi bog‘cha

Jarqo‘rg‘on tumanining «Jinjaktepa» mahallasida 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim...

Termizda 100 ga yaqin noqonuniy tashqi reklama bartaraf etildi

Termiz shahridagi «Qurilish mollari bozori»da tashqi reklama va davlat...

Salomatlik yo‘lida piyoda kezib…

Denov tumanida «Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat» shiori ostida...
KunTun
KunTun