Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi, avvalo, yosh avlod qalbida shakllanadi. Ayniqsa, harbiy xizmat, jasorat va fidoyilik namunalarini bevosita ko‘rish yoshlarda yurt himoyachilariga nisbatan hurmatni yanada mustahkamlaydi.
Termiz harbiy prokurori yordamchisi, adliya katta leytenanti S.B. Bebetov tomonidan Uzun tumanining olis chegara hududidagi mahallalar va ulardagi maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar ishtirokida «Vatanparvarlik — vujudimizda» mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Hayrabot garnizonida joylashgan harbiy qismlar harbiy xizmatchilari tomonidan tayyorlangan jangovar sahnalar namoyish etildi. Harbiylarning mahorati, jangovar tayyorgarligi va jasoratini aks ettirgan chiqishlar yoshlar hamda yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Sardor Bebetov,
Termiz harbiy prokurori yordamchisi, adliya katta leytenanti

