Davlat xizmatida samaradorlik: yangi tizim va amaliy natijalar

Date:

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Surxondaryo viloyati filiali tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda filialning joriy yil to‘qqiz oyida davlat fuqarolik xizmati sohasida amalga oshirgan ishlari, erishilgan natijalar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Mamlakatimizda davlat boshqaruvini takomillashtirish, rahbarlar mas’uliyatini oshirish va professional davlat xizmatchilari korpusini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda joriy yil 1-yanvardan Surxondaryo viloyati, tuman va shahar hokimliklari boshqaruv tizimida tajriba-sinov tariqasida yangi tartib joriy etildi.

Yangi tizim doirasida hokimliklar tuzilmasi qayta ko‘rib chiqilib, axborot-tahlil guruhi, energiya menejeri va raqamlashtirish ofisi kabi yangi bo‘linmalar tashkil etildi. Shuningdek, rahbar va xodimlar faoliyatini aniq natijalar asosida baholash uchun KPI tizimi shakllantirildi.

Matbuot anjumanida qayd etilganidek, yangi yondashuvlar hududlarda xizmatlar sifatini oshirish va aholi murojaatlarini tezkor hal etishda o‘z samarasini bermoqda. Xususan, Angor tumanida 2026-yilning birinchi choragida aholiga va tadbirkorlarga ko‘rsatilgan kompleks xizmatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50 foizga oshgan. Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati esa 14 kundan 5 kungacha qisqargan.

Jarqo‘rg‘on tumanida ham ijobiy natijalar kuzatilgan. Birinchi chorakda kelib tushgan 2 884 ta murojaatning 1 410 tasi joyida hal etilgan. Mahallalarda aniqlangan 702 ta muammoning 431 tasi belgilangan muddatda bartaraf etilgan. Elektron tizimlardan foydalanish qaror qabul qilish jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qilgan.

Shu bilan birga, yangi boshqaruv tizimini joriy etish jarayonida ayrim muammolar ham aniqlangan. Jumladan, yuridik va kadrlar xizmatlaridagi ish yuklamasi ortishi, elektron platformalarning to‘liq integratsiya qilinmagani hamda ayrim vakolatlarni taqsimlash bilan bog‘liq masalalar qayd etilgan. Ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilgan.

Anjumanda, shuningdek, inson resurslarini boshqarish, milliy kadrlar zaxirasi bilan ishlash, davlat fuqarolik xizmatiga ochiq va shaffof tanlovlarni tashkil etish hamda xalqaro hamkorlik masalalari yuzasidan ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida jurnalistlarning savollariga javob berilib, ishtirokchilarning taklif va tavsiyalari tinglandi.

Davlat boshqaruvida joriy etilayotgan yangi yondashuvlar, avvalo, rahbarlar mas’uliyatini kuchaytirish, ortiqcha ma’muriy jarayonlarni qisqartirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomorqa — oilaviy daromad manbayi

Angor tumanining Zartepa mahallasida yashovchi Murod To‘rayevlar oilasi tomorqadan...

U-Reportning yangi mavsumiga start berildi

Surxondaryo viloyatida U-Report loyihasining 3-mavsumi ochilib, volontyorlar uchun ilk...

Raqamli koʻnikmalar va ijodiy mahorat

«Zamonaviy kasblar» tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildiSurxondaryo viloyatida yoshlarning raqamli...

«Kutubxonam» loyihasi Sariosiyoda

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mahallalarda mutolaa muhitini...
KunTun
KunTun