Jamiyat taraqqiyotiga daxldor masalalar ziyolilar nigohida

Date:

Jamiyatning ma’naviy qiyofasi, avvalo, oiladagi tarbiya, ta’limdagi yondashuv, tilga munosabat va yosh avlodning qanday qadriyatlar asosida kamol topishida namoyon bo‘ladi. Shu bois bu masalalar nafaqat bugunning, balki kelajak taraqqiyotining ham muhim omillari hisoblanadi.

Shu nuqtayi nazardan, “O‘zbekiston ziyolilari kengashi”ning Surxondaryo viloyatidagi hududiy yig‘ilishi doirasida jamiyat hayotidagi dolzarb masalalar olimlar, pedagoglar, ijodkorlar, mahalla faollari va yoshlar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish yettita ixtisoslashgan sho‘ba faoliyati asosida tashkil etilib, ularda oila va mahallada tarbiya masalalari, raqamli muhitning yoshlar ongiga ta’siri, davlat tili nufuzini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Har bir sho‘bada mavzular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, mavjud muammolar, ularning yechimlari, shuningdek, istiqboldagi vazifalar bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Muhokamalarda ziyolilarning jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni va mas’uliyati, ilgari surilgan g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari ham muhim o‘rin tutdi.

Yig‘ilish davomida bildirilgan takliflar va ilgari surilgan tashabbuslar jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy hayotini yanada rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar tarbiyasi va milliy qadriyatlar targ‘ibotini yangi bosqichga olib chiqish nuqtayi nazaridan ahamiyat kasb etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqiy kafolatdan amaliy himoyagacha

Konstitutsiyada belgilangan inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolarning qonuniy...

Imkoniyatlar ishga solinadi

Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va barqaror...

Qoraqirda yashil maydonlar qayta tiklanmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish...

Bandixonda elektr ta’minoti qayta tiklandi

Noqulay ob-havo sharoiti sababli Bandixon tumanidagi Tangimo‘sh podstansiyasida texnik...
KunTun
KunTun