Talabalar xavfsizligini ta’minlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash va muammolarini o‘z vaqtida aniqlashga qaratilgan o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Shu doirada Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Mexanika va konchilik ishi fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A. Bo‘ronov, tyutorlar hamda profilaktika inspektori Sh. Alyorov tomonidan Termiz shahrida ijarada yashayotgan talabalar xonadonlari o‘rganildi.
Jarayonda talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishilib, ularning aksariyati universitet talabalar turar joyiga joylashtirildi.

