Hududlarning obodligi va ko‘rkamligi, avvalo, kundalik tozalik va tartib-intizomga bog‘liq. Shu bois Qumqo‘rg‘on tumanida obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, M-41 xalqaro avtomobil yo‘li hamda tuman markazidagi ko‘chalarda tozalash va tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda. Erta tongdan ish boshlagan obodonlashtirish xodimlari yo‘l yoqalarini chiqindilardan tozalash, ariqlarni tartibga keltirish va hududlar ozodaligini saqlashga hissa qo‘shmoqda.
Ayni shu fidokorona mehnat tufayli ko‘chalarimiz ozoda, manzillarimiz yanada ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda.

