Kuz-qish mavsumida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha muassasalarini issiqlik bilan ta’minlash maqsadida Angor tumanida ko‘mir zaxirasini yaratish va yetkazib berish ishlari olib borilmoqda.
Joriy mavsum uchun jami 7 674,9 tonna ko‘mir mahsuloti ajratilishi rejalashtirilgan. Shundan 3 096,9 tonnasi 88 ta ijtimoiy soha muassasasiga to‘liq yetkazib berildi.
Aholi xonadonlari uchun mo‘ljallangan 4 578 tonna ko‘mirning esa 11-noyabr holatiga 930 tonnasi, ya’ni 20,3 foizi yetkazilgan. Hozirda qolgan ko‘mir mahsulotlarini xonadonlarga tarqatish ishlari davom etmoqda.

