“Sharafobod”da bunyodkorlik ishlari yakunlandi

Date:

Sariosiyo tumanidagi og‘ir toifadagi “Sharafobod” mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yakunlanib, hududning yangicha qiyofasi namoyish etildi. Mahallaning ochilish marosimida tuman hokimi Odiljon Yaqubov, deputatlar, mahalla yettiligi a’zolari, nuroniylar, faollar, yoshlar, quruvchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Loyiha doirasida 1,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi, 2 ta yangi transformator o‘rnatildi. Shuningdek, 130 ta elektr ustuni yangilanib, 5 kilometr SIP yopiq kabel tarmog‘i tortildi. Aholi uchun 1,3 kilometr piyodalar yo‘lagi barpo etilib, 1,2 kilometr ichki ariqlar betonlashtirildi. Amalga oshirilgan ishlar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay sharoit yaratish va hududni obod hamda ko‘rkam maskanga aylantirishga xizmat qilmoqda.

Mazkur bunyodkorliklar Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish yo‘lida hududlarda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning amaliy ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarlikka qonuniy baho

Sherobod tuman ichki ishlar bo‘limida tuman sudi tomonidan sayyor...

Surxondaryo qo‘g‘irchoq teatri Samarqandda

Qashqadaryodagi gastrol safarini yakunlagan Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy...

Xorijda ta’lim — yangi tajriba va imkoniyatlar

Termiz davlat universitetining 30 nafardan ortiq magistranti qo‘shma ta’lim...

“Sharafobod”da bunyodkorlik ishlari yakunlandi

Sariosiyo tumanidagi og‘ir toifadagi "Sharafobod" mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik...
KunTun
KunTun