Surxondaryo qo‘g‘irchoq teatri Samarqandda

Date:

Qashqadaryodagi gastrol safarini yakunlagan Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Samarqand viloyatida gastrol safarini boshladi.

Dastlabki chiqishlar Oqdaryo tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun tashkil etilib, ularga “Musiqiy arava” musiqali dasturi namoyish etildi.

Dasturdan milliy qo‘g‘irchoqlar ishtirokidagi qiziqarli sahna ko‘rinishlari, quvnoq chiqishlar hamda bolalar bilan interfaol o‘yinlar o‘rin oldi. Tomoshalar kichkintoylarning katta qiziqishi va faol ishtiroki bilan o‘tdi.

Bolajonlarning beg‘ubor kulgisi va quvonchi ijodiy jamoaga ham ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomorqadan daromad, tikuvchilikdan bandlik

Angor tumanining "Bahor" mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini...

Taekvondochilarimiz xalqaro musobaqada sovrindor

Namangan shahrida Taekwondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Uzbekistan Open 2026”...

Ustozlar ichra a’lo

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovida Boysun...

Bolalar xavfsizligi axborot makonidagi mas’uliyatdan boshlanadi

Bugun bolalarni zararli axborotdan himoya qilish faqat ota-onalar yoki...
KunTun
KunTun