Talabalar tantanali kutib olindi

Date:

Termiz davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan yoshlarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Institut rektori A. Xasanov yangi o‘quv yili va talabalik safiga qabul qilingan yoshlarni muborakbod etdi. Yuqori ball bilan o‘qishga kirgan talabalar hamda ularning ota-onalariga institut rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Marosimda harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarlik namoyishi, faxriy qorovul chiqishlari va harbiy orkestr ijrosi tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Shuningdek, Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan “35 yil — 35 yutuq”, “35 yil — 35 kitob”, “Vatan fidoyilari”, “Bir Vatan — bir oila” hamda “Mening institutim — mening Vatanim” ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Bayram tadbiri Musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining milliy raqslari va zamonaviy estrada qo‘shiqlari bilan davom etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun