Qo‘g‘irchoq teatri gastrol safarida

Date:

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi Qashqadaryo viloyatiga gastrol safari bilan bordi. Ayni paytda teatr ijodkorlari Dehqonobod tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolajonlarga “Musiqiy arava” nomli musiqali dasturini namoyish etmoqda.

Dastur davomida Ali va Valining qiziqarli sahnaviy chiqishlari, bolajonlar ishtirokidagi interaktiv o‘yinlar hamda “Kurash” kabi milliy o‘yinlar namoyish etilmoqda. Quvnoq tomoshalar kichik tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, Dehqonobodliklar tomonidan iliq kutib olinmoqda. Gastrol safari davomida teatr jamoasi bolajonlarga unutilmas taassurotlar ulashishda davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun