“X1” sinovdan o‘tdi

Date:

Elektr aviatsiyasi rivojida navbatdagi muhim qadam tashlandi. AQSHning Heart Aerospace kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan X1 elektr samolyoti Nyu-York shtatidagi Plattsburg aeroportida ilk sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Sinov davomida samolyot 335 metr balandlikka ko‘tarilib, 27 daqiqa havoda bo‘ldi. Parvoz faqat akkumulyatorlar quvvati hisobiga amalga oshirilgan va kompaniya hisob-kitobiga ko‘ra, atigi 5 dollarlik elektr energiyasi sarflangan.

Uzunligi 32,3 metr, qanotlari 23,2 metr bo‘lgan X1 samolyotining parvoz og‘irligi 11,3 tonnani tashkil etadi. Uning elektr motorlari 1 megavattdan ortiq quvvatga ega.

X1 loyihasi elektr dvigatelli samolyotlarning imkoniyatlarini amalda namoyish etish hamda kelajakda ekologik toza aviatsiya texnologiyalarini rivojlantirish yo‘lidagi muhim tajribalardan biri hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun