Qumqo‘rg‘onda ekoturizm rivojlantiriladi

Date:

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarning turizm salohiyatidan samarali foydalanish yangi loyihalarni amalga oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu maqsadda Qumqo‘rg‘on tumanida Xitoy investorlari bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari izchil rivojlantirilmoqda.

O‘zbekiston (Surxondaryo) – Xitoy xalqaro forumi doirasida imzolangan memorandumlar asosida bir guruh xitoylik investorlar tumanning “Elobod” mahallasidagi “Surxon suv ombori” hududida barpo etilayotgan ekoturizm kompleksiga tashrif buyurdi.

Investorlar hududning infratuzilmasi va turizm imkoniyatlari bilan tanishib, bu yerda zamonaviy ekoturizm majmuasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hudud iqtisodiy faolligini oshirish bo‘yicha dastlabki takliflarni muhokama qildi.

Tashrif davomida investorlarga hududdagi mavjud imkoniyatlar va yaratilayotgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Kelgusida xitoylik hamkorlar bilan istiqbolli loyihalarni shakllantirish va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha muzokaralar davom ettiriladi. Mazkur hamkorlik “Surxon suv ombori” hududining turizm salohiyatini yanada oshirish va Qumqo‘rg‘onda yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun