Liftlar nazoratda

Date:

O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylardagi liftlarning xavfsiz va soz holatda ishlashini ta’minlash bo‘yicha yangi talablar joriy etilmoqda. Tegishli o‘zgartirishlar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanib, 2026-yil 14-avgustda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Hujjat 16-noyabrdan kuchga kiradi.

Yangi tartibga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari liftlarning xavfsiz ishlashini ta’minlashi, ularning faoliyati ustidan dispecherlik nazoratini yo‘lga qo‘yishi hamda avariya-qutqaruv qurilmalari, aloqa vositalari va boshqa xavfsizlik tizimlarini soz holatda saqlashi shart.

Shuningdek, liftlarga har oy texnik xizmat ko‘rsatiladi va yiliga bir marta davriy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Nosozlik yoki xavfli holat aniqlangan taqdirda tegishli texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga zudlik bilan xabar berilishi lozim.

Lift kabinasida foydalanish qoidalari, yuk ko‘tarish imkoniyati, yo‘lovchilar soni, “Xavfsiz lift” platformasidagi qayd raqami hamda texnik xizmat va avariya xizmatining aloqa raqamlari ko‘rsatilishi ham talab etiladi.

Yangi talablar, avvalo, ko‘p qavatli uylarda yashovchilarning xavfsizligini ta’minlash, liftlardagi nosozliklarning oldini olish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun