“Tasmasoy” finalga yo‘l oldi

Date:

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sport va jamoaviy faolligini oshirishga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqalar yoshlar uchun o‘z iqtidor va mahoratini namoyon etishning muhim maydoniga aylanmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarining viloyat bosqichida Denov tumanining “Tasmasoy” jamoasi munosib ishtirok etib, yuqori natijani qayd etdi.

Tuman bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoa viloyat miqyosidagi bellashuvlarda ham jamoaviy birdamlik, mahorat va g‘alabaga bo‘lgan qat’iyatini namoyon etdi. Yakunda “Tasmasoy” jamoasi respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Ushbu natija Denov yoshlari uchun navbatdagi muhim yutuq bo‘lib, ularning sportga bo‘lgan qiziqishi, faolligi va yangi marralar sari intilishining yorqin ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun