Bog‘cha yangi qiyofada

Date:

Yosh avlod uchun munosib ta’lim-tarbiya va qulay sharoitlar yaratish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Termiz shahrida bu boradagi yana bir muhim loyiha hayotga tatbiq etildi.

Shahardagi 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti Investitsiya dasturi doirasida 3,4 milliard so‘m mablag‘ evaziga to‘liq ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Ta’mirlash ishlari natijasida bog‘chaning sig‘imi 100 nafardan 150 nafarga oshirildi. Muassasada bolalar uchun zamonaviy mashg‘ulot xonalari, yangi jihozlar va o‘yin maydonchalari barpo etildi. Shuningdek, yangi oshxona va kir yuvish xonasi tashkil qilinib, energiya tejamkorligini ta’minlash maqsadida quyosh panellari o‘rnatildi.

Yangi qiyofa kasb etgan bog‘cha kichkintoylarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, xavfsiz va qulay sharoitda ulg‘ayishi uchun xizmat qiladi.

Bu kabi loyihalar maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish bilan birga, bolalar uchun munosib sharoit yaratish va kelajak avlodga e’tiborni amaliy ishlar bilan namoyon etishning yorqin ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun