Bandixonda bayram oqshomi

Date:

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Bandixon tumanida bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Ana shunday tantanalardan biri — aholi uchun tashkil etilgan gala-konsert bayram oqshomiga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Konsert dasturida estradamizning yorqin vakili AIDA tomonidan ijro etilgan jozibador kuy-qo‘shiqlar, rang-barang sahna ko‘rinishlari va san’atkorlarning chiqishlari tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi. Har bir ijro jo‘shqin olqishlar bilan kutib olinib, bayram maydonida ko‘tarinki muhit hukm surdi.

Tantanali kechada musiqa va san’at orqali Vatanga muhabbat, istiqlol va yurtga daxldorlik tuyg‘ulari yanada yuksaldi.

Bandixonda bayram shukuhi — qalblarda Vatanga muhabbat, yuzlarda tabassum va dillarda mustaqillik iftixori bilan davom etmoqda!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun