Qishloqda ham shahardagidek…

Date:

Bugun qishloq hududlarida ham shahar darajasidagi infratuzilma va qulay yashash sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunyodkorlik ishlari tufayli mahallalar qiyofasi tubdan o‘zgarib, aholi uchun yanada zamonaviy va xavfsiz muhit shakllanmoqda.

Muzrabot tumanining “Do‘stlik” mahallasida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda. Prezidentimiz tashabbuslari asosida 24 metr kenglikdagi asosiy ko‘cha zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilinmoqda.

Loyiha doirasida yo‘lga asfalt yotqizish, tungi yoritish tizimini barpo etish, piyodalar yo‘laklari hamda lotok va beton ariqlar qurilishi izchil olib borilmoqda. Ushbu bunyodkorlik ishlari nafaqat mahalla qiyofasini yangilamoqda, balki aholining xavfsiz va qulay hayot kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga xizmat qilmoqda.

Oldingi sahifaTaʼlim sifati oshiriladi
Keyingi sahifaVatan haqida esse

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun