Profilaktik tadbirlar kuchaytirildi

Date:

Yozning issiq kunlarida yong‘in va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi hamda korxonalarda xavfsizlik madaniyatini oshirish ustuvor vazifalardan biridir. Shu maqsadda Termiz shahrida “Dolzarb 60 kun” doirasida navbatdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va “Termizshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi hamkorligida gaz taqsimlash inshootlarida xavfsizlik talablari, texnologik jarayonlar hamda favqulodda vaziyatlarda o‘zaro hamkorlik bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Shuningdek, Bog‘ishamol mahallasidagi tadbirkorlik subyektlarida yong‘in va hayot xavfsizligi qoidalariga rioya etish yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, anomal issiq kunlarda ehtiyot choralarini kuchaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun