“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” boshlandi

Date:

Mahallalarda obod va xavfsiz muhit yaratish, aholi turmush sifatini yaxshilash hamda Mustaqillikning 35 yilligini munosib kutib olish maqsadida Surxondaryo viloyatida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi”ga start berildi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mahallalarni obodonlashtirish, ichki yo‘llar va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni chiqindilardan tozalash hamda sanitariya holatini mustahkamlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Shuningdek, “Xavfsiz hudud” tamoyilini samarali joriy etishda faollik ko‘rsatgan bir guruh xodimlar rag‘batlantirildi. Jumladan, Termiz shahridagi “Guliston” mahallasi profilaktika inspektori Odil Jabborov Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan kapitan maxsus unvoni bilan taqdirlandi.

Yig‘ilish yakunida har bir mahallada obodlik ishlarini jadallashtirish, fuqarolar uchun yanada qulay yashash muhitini yaratish va bayramni yuksak saviyada kutib olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun