Qamrov yanada oshadi

Date:

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish va bolalar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish borasidagi ishlar Muzrabot tumanida izchil davom etmoqda.

Prezidentning 2026–2028 yillarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan qarori asosida “Do‘stlik” mahallasidagi 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rekonstruksiya qilinmoqda. Loyiha uchun 3 milliard 743 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov qurilish maydonida bo‘lib, ishlarning sifati va borishini o‘rgandi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilishni belgilangan muddatda va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Rekonstruksiya ishlari yakunlangach, bog‘chada bolajonlar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratiladi, bu esa maktabgacha ta’lim sifati va qamrovini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun