1 milliard 264 million so‘m yo‘naltirildi

Date:

Muzrabot tumanida “Tashabbusli budjet”ning 2025-yil 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha asosida Fayziobod mahallasidagi 27-son maktabda zamonaviy sport infratuzilmasi barpo etildi.

Loyiha doirasida mini stadion, ochiq workout maydonchasi hamda yuvinish xonalari qurilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu ishlar uchun jami 1 milliard 264 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Natijada o‘quvchilar va mahalla aholisi uchun sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladigan qulay sharoitlar yaratildi. Yangi inshootlar hudud aholisining katta mamnuniyatiga sabab bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun