Bolalarga quvonch ulashib…

Date:

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu ishlar hech qachon e’tibordan chetda qolmaydi. Sariosiyo tumanida amalga oshirilgan navbatdagi xayriya tadbiri ham ana shunday insonparvarlik namunasi bo‘ldi.

Saxovatpesha tadbirkor tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi bo‘lgan oilalarning 20 nafar farzandi uchun sunnat to‘ylari o‘tkazildi. Ushbu quvonchli tadbir bolalar va ularning yaqinlariga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.

Tadbirda tuman hokimi Odiljon Yaqubov, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etib, xayrli ish tashabbuskoriga minnatdorlik bildirishdi. Sunnat to‘ylari milliy an’analarga muvofiq tashkil etilib, mehmonlar uchun dasturxon yozildi, bolalarga esa sovg‘alar topshirildi. Bayram davomida kuy-qo‘shiqlar va ko‘ngilochar dasturlar muhitni yanada shodiyona ruhga burkadi.

Mazkur tadbir saxovat va mehr-muruvvatning yorqin ifodasi sifatida nafaqat bolalarga quvonch ulashdi, balki jamiyatda birdamlik va insoniylik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

100 gektarda yashil maydon

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat...

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...
KunTun
KunTun