Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish ishlari rasman boshlandi. Jarayon bilan tanishgan tuman hokimi Abdulla Mamatqulov hududlarda olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Fermer xo‘jaliklari hamda aholi o‘rtasida ipak qurti parvarishlashni yo‘lga qo‘yish orqali bandlikni ta’minlash va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aholiga ipak qurti yetkazib berish, zarur mahsulotlar bilan qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni rag‘batlantirish choralari belgilandi.
Rejaga ko‘ra, joriy yilda tumanda 2754 quti ipak qurti parvarishlanib, 165 tonna pilla yetishtiriladi. Bu tashabbus hududda iqtisodiy faollikni oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va aholining barqaror daromad manbayini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

