Sariosiyo tumanida tuman hokimi Odiljon Yaqubov rahbarligida qishloq va suv xo‘jaligi sohasi mas’ullari hamda paxta-g‘alla yo‘nalishidagi fermerlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda g‘allazorlarni sug‘orish, mineral o‘g‘itlar va gerbitsidlarni samarali qo‘llash, dala chetlarini obodonlashtirish hamda chigit ekish ishlari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida tuman rahbari mas’ullarga agrotexnik tadbirlarni tizimli va sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi. Bu esa hosilni oshirish, hudud farovonligini ta’minlash va fermerlar manfaatini himoya qilishga xizmat qiladi.

