Kuchlar birlashtiriladi

Date:

Yoshlar siyosatiga berilayotgan yuksak e’tibor amalda yana bir bor o‘z ifodasini topdi — “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalariga rasmiy start berildi. Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoshlar bilan uchrashuvda belgilab bergan ustuvor vazifalar hamda tegishli vazirlik va tashkilotlarning qo‘shma qarori asosida yo‘lga qo‘yildi.

Tantanali ochilish marosimi Surxondaryoda yuqori ruhda o‘tdi. Unda oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Ravshanbek Xudoyberdiyevich, murabbiylar va yuzlab talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Musobaqaga qiziqish ayniqsa katta bo‘lib, viloyatdagi oliygohlardan 3000 nafardan ortiq talabalar ro‘yxatdan o‘tgan. Bu esa yoshlar orasida sportga, sog‘lom turmush tarziga va jamoaviylik ruhiga bo‘lgan intilish tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.

Bellashuvlar basketbol 3×3, voleybol, gandbol, yengil atletika, stol tennisi, suzish va futbol kabi ommabop olimpiya sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Mazkur Olimpiada nafaqat sport musobaqasi, balki yoshlarni birlashtiruvchi, ularning irodasi va salohiyatini namoyon etuvchi muhim ijtimoiy maydondir. Zero, sog‘lom va faol yoshlar — jamiyat taraqqiyotining eng ishonchli tayanchidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun