Bolalar manfaati ustuvor

Date:

O‘zbekistonda aliment to‘lovlarini undirishni kuchaytirish maqsadida yangi tartib joriy etilmoqda. Prezident farmoniga ko‘ra, 2026-yil 1-maydan boshlab aliment qarzi mavjud shaxslarga qarz to‘liq qoplanmaguncha qo‘shimcha cheklovlar qo‘llanadi.

Jumladan, qarzdorlarga yirik moliyaviy bitimlar tuzish, ayrim kredit va davlat xizmatlaridan foydalanish cheklanishi mumkin. Shu bilan birga, ayrim holatlarda ijro ishlarini soddalashtirish, xususan qarzdor vafot etganda yoki bedarak yo‘qolganida ishni tugatish tartibi ham joriy etilmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu choralar ijro tizimi samaradorligini oshirish, qarzdorliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va eng muhimi, bolalarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bilimdonlar bellashdi

Termiz shahrida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat kengashi tomonidan...

Hashar — hamjihatlik kuchi

El-yurt birlashib qilgan mehnat — eng barakali va samarali...

Beruniy ko‘chasi — zamonaviy qiyofada

Qumqo‘rg‘on tumani markazidagi Beruniy ko‘chasida yo‘l infratuzilmasini yangilash ishlari...

Xavfsizlik yo‘lida…

Bandixon tumanida jamoat xavfsizligini mustahkamlash va ichki ishlar xodimlari...
KunTun
KunTun