Havo sifati yomonlashsa…

Date:

O‘zbekistonda atmosfera havosi keskin yomonlashgan holatlar uchun maxsus harakatlar algoritmi ishlab chiqiladi. Unga ko‘ra, aholi SMS, OAV va raqamli platformalar orqali tezkor ogohlantiriladi hamda xavf darajasiga qarab aniq tavsiyalar beriladi.

Yangi tartibda, ayniqsa bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor fuqarolarga ochiq havoda bo‘lishni cheklash tavsiya etiladi. Zarurat tug‘ilganda maktablarda ochiq darslar bekor qilinadi, ommaviy tadbirlar cheklanadi, hatto ayrim tashkilotlar masofaviy ish rejimiga o‘tkazilishi mumkin.

Shuningdek, sanoat, transport va qurilish sohalarida ifloslanishni kamaytirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘riladi: zararli chiqindilar qisqartiriladi, qurilish ishlari vaqtincha to‘xtatiladi, yo‘llarga suv sepish orqali chang kamaytiriladi.

Bu tizim havoning keskin ifloslanishi oqibatlarini kamaytirish, aholi salomatligini himoya qilish va ekologik xavflarga tezkor javob berishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tafakkurning tirik tizimi

Globallashuv va raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bugungi davrda har...

Eng kuchli himoya

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash masalasi nafaqat davlat siyosatining...

Termiz chorrahasida: turizm va xavfsizlik

So‘nggi yillarda Surxondaryo viloyati, xususan Termiz shahri nafaqat tarixiy-madaniy...

Sud: shakldan mazmunga…

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari mazmun-mohiyati jihatidan...
KunTun
KunTun