Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda 3 oy ichida “Yashil chipta” tizimi joriy etiladi. Ushbu tizim orqali samolyot, poyezd, metro va taksi safarlarida hamda mahsulot ishlab chiqarish va yetkazib berishda yuzaga keladigan karbon izi avtomatik hisoblanadi.
Foydalanuvchilar ushbu ta’sirni ixtiyoriy ravishda “yashil chipta” xarid qilib kompensatsiya qilish imkoniga ega bo‘ladilar. To‘plangan mablag‘lar esa maxsus ekologik jamg‘armaga yo‘naltirilib, daraxt ekish va ularni parvarishlashga sarflanadi.
Bu tashabbus nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilishga, balki har bir inson va biznesning ekologik mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.

