Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekistonda joriy 1-maydan boshlab ommabop “10 ming qadam piyoda” tajribasi qayta yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu tashabbus orqali fuqarolar kundalik harakatni ko‘paytirib, jismoniy faollikni oshirishga undaladi.
“Sog‘lom turmush tarzi” platformasini qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 10 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan. Bu esa aksiyaning samarali tashkil etilishi va aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirishiga xizmat qiladi.
Mazkur tashabbus sog‘lom hayotga intilish, jismoniy faollikni oshirish va milliy salomatlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib, har bir fuqaroning kundalik hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

